Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-oktabr
Ushbu shartlar Milliy Premium xizmatidan (sayt va Telegram bot orqali) foydalanishni tartibga soladi. Xizmatdan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirgan hisoblanasiz.
Milliy Premium — Telegram Premium obunasi va Telegram Boost xizmatlarini taqdim etuvchi xususiy xizmat. Biz Telegramning rasmiy vakili emasmiz — mustaqil xizmat ko'rsatuvchi (reseller) sifatida ishlaymiz.
Buyurtma bizning Telegram botimiz yoki sayt orqali beriladi. Kerakli xizmat va muddat/miqdorni tanlagach, admin (@udxuz) bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanasiz, to'lovni kelishib olasiz, va to'lovdan so'ng xizmat admin tomonidan qo'lda yetkaziladi.
Jarayon qo'lda bajarilgani uchun aniq vaqt kafolatlanmaydi. Amaliyotda aksariyat buyurtmalar bir necha daqiqa ichida bajariladi, lekin yuklama yoki texnik sabablarga ko'ra biroz ko'proq vaqt ketishi mumkin.
To'lov sayt yoki bot orqali emas, balki admin bilan to'g'ridan-to'g'ri Telegram chatida kelishilgan holda amalga oshiriladi. Milliy Premium saytda yoki botda to'lov qabul qilmaydi.
Milliy Premium Telegram platformasining texnik nosozliklari, uzilishlari yoki Telegram tomonidan kiritilgan o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan muammolar uchun javobgar emas. Shuningdek, mijoz tomonidan noto'g'ri berilgan ma'lumotlar yoki "profilga kirib" usulida hisob ma'lumotlarini taqdim etish bilan bog'liq xavf-xatarlar uchun javobgar emasmiz.
Shubhali yoki suiiste'mol bilan bog'liq deb hisoblangan buyurtmalarni admin rad etish huquqiga ega.
Ushbu shartlar vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangilangan shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi.
@udxuz yoki @MilliyPremium_uz.